Namangan va Andijonda 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlandi

O‘zbekiston

Namangan va Andijon viloyatlarida 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan. Namangan viloyati Chust tumanidagi korxona 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan. Qolgan 892,2 mln so‘m mablag‘ Andijon shahridagi xususiy ta’lim markaziga to‘g‘ri keldi.

Namangan va Andijon viloyatlarida 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi, deb xabar berdi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyati Chust tumanidagi korxona 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan.

Qolgan 892,2 mln so‘m mablag‘ Andijon shahridagi xususiy ta’lim markaziga to‘g‘ri keldi.

Mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan “oʻgʻrilik” moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergovga qadar tekshiruv joriy etiladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.