Siyosiy arbob Ra’no Abdullayeva vafot etdi

O‘zbekiston

O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining sobiq o‘rinbosari, Kompartiyaning mafkura masalalari bo‘yicha kotibi Ra’no Abdullayeva 89 yoshida vafot etdi.

O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining mafkuraviy masalalar bo‘yicha kotibi lavozimida ishlab kelgan Ra’no Abdullayeva 12 yanvar kuni 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda.

Ra’no Abdullayeva 1935 yil 16 sentyabrda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan. 1970-1987-yillarda O‘zbekiston SSRda eng nufuzli ayollardan biri hisoblangan.

1963-yildan 1971-yilgacha O‘zbekiston Komsomolining birinchi kotibi, so‘ngra O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining o‘rinbosari, 1987-yilgacha esa O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining mafkura masalalari bo‘yicha kotibi lavozimlarida ishlagan.

Ra’no Abdullayeva deyarli ikki yilni “paxta ishi” doirasida qamoqda o‘tkazdi va SSSR Oliy sudi qarori bilan oqlandi.

2020-yilda O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga bergan intervyusida u “paxta ishi”, mafkuraning roli va O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi Sharof Rashidov haqida gapirdi.

Marhuma hozirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi (“O‘zatom”) rahbari Azim Ahmadxo‘jayevning buvisi edi.

Ra’no Abdullayeva sobiq SSSRning orden va medallari bilan taqdirlangan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.