Nigeriya BRIKS`ning to‘qqizinchi hamkor davlatiga aylandi

Dunyo

2025-yil 17-yanvarda Braziliya Nigeriyaning BRIKS guruhiga hamkor davlat sifatida qo‘shilganini e’lon qildi. Ilgari bu maqomni O‘zbekiston, Qozog‘iston, Belarus va boshqa davlatlar qo‘lga kiritgan edi. 2025-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘iston rasman hamjamiyatga a’zo bo‘ldi, 2024-yil iyun oyidan esa yana olti mamlakat ishtirokchiga aylanadi.

Foto: flickr

Nigeriya BRIKS guruhining to‘qqizinchi hamkor davlati bo‘ldi. Bu haqda 2025-yil 17-yanvarda tashkilotga hozirda raislik qilayotgan Braziliya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“Bugun Braziliya hukumati Nigeriyaning BRIKS`ga hamkor davlat sifatida rasman qo‘shilganini e’lon qiladi”, — deyiladi TIV bayonotida.

Bundan oldin guruhga O‘zbekiston, Belarus, Boliviya, Kuba, Qozog‘iston, Malayziya, Tailand va Uganda hamkor sifatida qo‘shilgan edi. 2025-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘iston rasman BRIKS`ning hamkor davlatlariga aylandi, 2024-yil 1-iyundan esa Argentina, Misr, Eron, Saudiya Arabistoni, BAA va Efiopiya ham hamjamiyat a’zolari bo‘ladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.