BBC Travel media portali Oʻzbekistonni 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 25 ta yoʻnalish roʻyxatiga kiritdi.
Maqola mualliflarining taʼkidlashicha, Oʻzbekistonda dunyodagi eng yosh aholi istiqomat qiladi - aholining 60 foizdan ortigʻi 30 yoshgacha. Shuningdek, matnda sovet davri mozaikalari saqlanadigan badiiy muzey hisoblangan Toshkent metrosi hamda oʻzbek xalqining oʻziga xos anʼana va madaniyatini saqlab qolishga intilishi haqida soʻz boradi.
Mamlakat iqtisodiyotni rivojlantirish, yoshlarni asrab-avaylash va koʻproq sayyohlarni jalb qilish uchun yangi mehmonxonalar, temir yoʻl yoʻnalishlari, ichki aviaqatnovlar va madaniy diqqatga sazovor joylarni ochish orqali turizmga sarmoya kiritayotgani taʼkidlandi.
Oʻzbekiston oʻzining birinchi yirik xalqaro biyennalesini 2025-yil sentyabr oyida Buxoroda oʻtkazadi. Boshqa muhim madaniy voqealar orasida Tadao Ando loyihasi boʻyicha Davlat sanʼat muzeyining kengaytirilishi, shuningdek, Romanov knyazlari saroyining restavratsiyasi va qisman rekonstruksiyasi kiradi.
BBC Travel tomonidan 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 25 ta joy roʻyxati:
Dominika;
Yaponiyadagi Naosima qishlogʻi;
Italiyadagi dolomitli Alp togʻlari;
Grenlandiya;
Buyuk Britaniyaning janubi-gʻarbidagi Uels;
Kanadadagi Gʻarbiy Nyufaundlend va Labrador;
AQSHning Arizona shtatidagi Tuson shahri;
Gʻarbiy Avstraliya;
Shri-Lanka;
Panama;
Marokashdagi Rif togʻlari;
Angliyaning Bredford shahri;
Iordaniya;
Butandagi Xaa vodiysi;
AQSHda Gavayi;
Oʻzbekiston;
Kanadadagi Qirolicha Sharlotta orollari;
Nikaraguadagi zumrad qirgʻoq;
Men oroli qirolligi;
Pokistonning Gilgit-Boltiqiston mintaqasi;
Azor orollari;
AQSHning Missuri shtatidagi Kanzas-Siti shahri;
Boliviya;
Janubiy Afrikada Botsvana;
Norvegiyaning Oslo shahri.