“Barchamizda yagona orzu bor. Xalqdan duolarida bizni qoʻllab-quvvatlashni soʻraymiz” — Timur Kapadze

O‘zbekiston

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Timur Kapadze lavozimga kirishganidan beri ilk bor oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashib, kelajakdagi rejalarini maʼlum qildi.

Foto: OʻFA

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

“Birinchidan, Srechko Katanesga tezroq sogʻayib ketishini tilaymiz. Hammamiz oʻz ishini tugatishini xohlardik, lekin sogʻlik doim birinchi oʻrinda.

Men uchun terma jamoa shunchaki jamoa emas. Men uning safida oʻynaganman, bosh murabbiy va murabbiy yordamchisi boʻlganman. Biz — jamoa. Bizning vazifamiz bor va biz uni bajarishimiz kerak.

Oldinda bizni muhim oʻyinlar kutmoqda. Ishonchim komilki, hammasi yaxshi boʻladi. Tez orada murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan umumiy til topamiz. Bu yigʻin sermahsul boʻladi, jamoada yangi futbolchilar paydo boʻldi. Asosiysi, barcha oʻyinchilar mart oyidagi muhim oʻyinlarga aʼlo darajada kelishi kerak. Ularning kuchi va mahorati bizga jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishga yordam beradi. Hammamizning maqsadimiz bitta. Barchangizdan duolarda bizni qoʻllab-quvvatlashingizni soʻraymiz”, — deydi Kapadze.

Eslatib oʻtamiz, Timur Kapadze sogʻligʻi tufayli bosh murabbiy lavozimini tark etgan Srechko Katanes oʻrniga tayinlandi. Yangi murabbiy boshchiligidagi ilk oʻyinni terma jamoa 27-yanvar kuni Iordaniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazadi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.