Oʻzbekiston Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida Koreya davlat boshqaruvi instituti (KIPA) delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirda kadrlar salohiyatini rivojlantirish, strategik rejalashtirish, uslubiyot va tashkiliy-nazorat masalalariga masʼul boʻlgan boʻlimlar vakillari ishtirok etdi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan seminar Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) koʻmagida ishlab chiqilgan “Davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish” dasturini muhokama qilishga bagʻishlandi.
Tomonlar koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda inson resurslarini boshqarish modelini yaratish va biznes-jarayonlar tahlilini (BPR) oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishdilar.