Janubiy Koreya prokuraturasi hokimiyatdan chetlatilgan prezident Yun Sok Yolga qarshi isyon koʻtarganlikda aybladi.
Prezident harbiy holat voqealari tufayli davlat tuzumiga qarshi isyon koʻtarganlikda ayblanmoqda. Agentlikning qayd etishicha, prezident harbiy holatni bekor qilish boʻyicha ovoz berishni bekor qilish uchun parlamentga harbiylarni yuborishi mumkin edi.
Yun Sok Yol 15-yanvar kuni hibsga olingan. Sud uni 19-yanvar kuni hibsga olishga qaror qildi va uning qamoq muddati tugashiga bir kun qolganda rasmiy ayblovlar eʼlon qilindi.
23-yanvar kuni Janubiy Koreyaning yuqori martabali amaldorlari Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi Yun Sok Yolga nisbatan tergovni yakunladi va prokuraturadan unga nisbatan isyonchilikda ayb eʼlon qilishni soʻradi.