Lukashenko Belarus prezidenti saylovida 86,82% ovoz bilan gʻalaba qozondi

Dunyo

Belarusning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko navbatdagi prezidentlik saylovlarida 86,82 foiz natija bilan gʻalaba qozondi. Saylovning yakuniy natijalari 10 kun ichida MSK tomonidan eʼlon qilinadi.

Belarusning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus yoshlar tashkilotlari qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan ekzitpol maʼlumotlariga koʻra, davlat rahbari saylovida gʻalaba qozondi. Soʻrovnomada 11 948 kishi ishtirok etdi va natijalar quyidagicha taqsimlandi:

  • Aleksandr Lukashenko — 87,6% ovoz;

  • Oleg Gaydukevich — 1,8%;

  • Anna Kanopatskaya — 1,6%;

  • Sergey Sirankov — 2,7%;

  • Aleksandr Xijnyak — 1,2%.

Saylovchilarning qolgan 5,1 foizi barcha nomzodlarga qarshi ovoz berganini maʼlum qildi. Belarusda prezident saylovi 26-yanvar kuni soat 8:00 dan 20:00 ga qadar besh kunlik muddatidan oldin boʻlib oʻtdi, unda saylovchilarning 41,81% ovoz berdi. Taʼkidlash joizki, ovoz berish gʻarblik kuzatuvchilar ishtirokisiz oʻtkazildi, xorijdagi saylov uchastkalari ochilmadi.

Lukashenko 1994-yildan beri Belarus prezidenti lavozimida ishlab kelayotgandi. Qolgan toʻrt nomzoddan ikkitasi uning gʻalabasini ovoz berishning asosiy bosqichi boshlanishidan oldin tan oldi. Belarus Markaziy saylov komissiyasi (MSK) mamlakatda 5325 ta ovoz berish uchastkasi, jumladan, kasalxonalarda 207 ta va harbiy qismlarda 12 ta uchastka ishlaganini taʼkidlab, saylovni oʻtkazilgan deb eʼtirof etdi.

Shuningdek, MSK saylovni 52 davlatdan 486 nafar xalqaro kuzatuvchi va 23 davlatdan 331 nafar xorijlik jurnalist kuzatganini maʼlum qildi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.