Ilon Maskning siyosiy qarashlari Tesla egalarini uning elektromobillaridan voz kechishga majbur qilmoqda

Texno

Tesla elektromobillarining uchdan bir qismi oʻz avtomobillarini sotish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Bunga Ilon Maskning siyosiy bayonotlari, jumladan, AQSHning prezidentlik saylovlarida Donald Trampni qoʻllab-quvvatlagani sabab boʻldi.

Niderlandiyaning EenVandaag nashrining xabar berishicha, ayrim Tesla elektromobillari egalari Ilon Maskning noaniq siyosiy bayonotlari tufayli oʻz avtomobillarini ommaviy ravishda sotishni boshladilar.

400 dan ortiq Tesla egalari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovga koʻra, respondentlarning uchdan bir qismi allaqachon oʻz mashinalarini sotgan yoki sotishni rejalashtirgan.

Norozilikka Maskning soʻzlari va harakatlari sabab boʻldi. Xususan, AQSHda prezidentlik saylovlari paytida u keyinchalik prezidentlik lavozimini egallagan Donald Trampni ochiqchasiga qoʻllab-quvvatladi, bu esa uning mijozlarining bir qismi orasida salbiy munosabatga sabab boʻldi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.