Centrum Air samolyoti Fargʻonaga yetib bormadi: dvigatellardan birida moy sizib chiqdi

O‘zbekiston

Aerobus A321neo samolyotida Madinadan Fargʻonaga parvoz qilgan Centrum Air aviakompaniyasining C6 3336 reysi ekipaji favqulodda vaziyatni muvaffaqiyatli yengib oʻtdi. Turkmaniston havo hududi ustidan uchib oʻtish vaqtida dvigatellardan birida moy sizib chiqishi aniqlandi.

Foto: Centrum Air

2025-yil 1-fevral kuni Centrum Air aviakompaniyasining Airbus A321neo samolyotida Madinadan Fargʻonaga parvoz qilgan C6 3336 reysi ekipaji favqulodda vaziyatni muvaffaqiyatli yengib oʻtdi. Turkmaniston havo hududi ustidan uchib oʻtish vaqtida dvigatellardan birida moy sizib chiqishi aniqlandi.

Parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmaga koʻra, havo kemasi komandiri yoʻlovchilar va ekipaj xavfsizligini taʼminlash uchun yoʻnalishni oʻzgartirish va zaxira Mara aeroportiga qoʻnishni amalga oshirish boʻyicha tezkor qaror qabul qilgan. Vaziyat haqida xabar olingandan soʻng, aviakompaniya zudlik bilan xuddi shu turdagi zaxira samolyotini — Airbus A321neo — Mara aeroportiga joʻnatdi.

Zaxira havo kemasi zudlik bilan Mari shahriga yetib keldi, u yerda barcha yoʻlovchilar va ularning yuklari eson-omon koʻchirildi va oxirgi manzil - Fargʻona aeroportiga yetkazildi. Ekipaj va yer usti xizmatlarining uygʻun ishlashi tufayli parvozning kechikishi minimallashtirildi va har bir bosqichda yoʻlovchilar xavfsizligi ustuvor vazifa boʻlib qoldi.

Ayni paytda Centrum Airʼning yuqori malakali muhandislar jamoasi yogʻ sizib chiqishini muvaffaqiyatli bartaraf etdi. Samolyot yaqin vaqt ichida qoʻshimcha tekshiruvlar oʻtkazish uchun Toshkentga yoʻlovchisiz texnik reysni amalga oshiradi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.