Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qizning ko‘p qavatli uydan yiqilib tushayotgani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuratura vaziyatga munosabat bildirdi.
Fojiali voqea 18 mart kuni Yashnobod tumanidagi Sodiq Azimov ko‘chasida sodir bo‘ldi. 11 yoshli maktab o‘quvchisi binoning to‘qqizinchi qavatidan o‘zini tashlab, halok bo‘ldi.
Hozirda prokuratura tomonidan dastlabki tergov tekshiruvi olib borilmoqda.