Andijon xalqaro aeroporti 20 martdan ish boshlaydi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
Birinchi reys Toshkent - Andijon - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi. 18-martdan boshlab Silk Avia aviakompaniyasining seshanba va payshanba kunlari ATR-72-600 samolyotlarida quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladigan US601/US602 reyslariga chiptalar sotuvi boshlandi:
Toshkentdan uchish 11:20 da, Andijonga kelish 12:20 da.
Andijondan uchish 13:00 da, Toshkentga kelish 14:00 da.
Kelgusida aeroport xalqaro aviareyslarni ham qabul qiladi.