O‘zbekistonda issiq ob-havo va yog‘ingarchilik kutilmaydi

O‘zbekiston

Tog‘larda hozircha yomg‘ir va qor yog‘ishi davom etadi.

13-martda O‘zbekistonda issiq ob-havo boshlanadi, ba’zi joylarda havo 23° gacha isiydi. Prognoz O‘zgidromet tomonidan e’lon qilindi.

Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda harorat 15-23 daraja iliq atrofida saqlanib turadi. Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.