19- mart kuni O‘zbekistonda havo oz bulutli, ba’zan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Prognozni O‘zgidromet taqdim etgan.
Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, harorat kechasi 5-15 daraja, kunduzi 22-30 daraja issiq atrofida saqlanadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqiy shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi 25-27 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 12-17 daraja issiq bo‘ladi.