Oʻzbekiston harbiylari va huquq-tartibot idoralari xodimlariga “chetda” ishlash taqiqlandi
2025-yil 3-yanvardan Oʻzbekistonda harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun cheklovlar kuchga kiradi. Ularga oʻzgalar tomonidan haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanish taqiqlanadi, ammo maʼlum boʻlishicha, oʻqituvchilik bilan pul ishlash mumkin.