AQSH Qoʻshtepa kanali qurilishidan tashvish bildirdi

AQSH Amudaryodan suv oqimining 8 foizdan 20 foizgacha qismini olib ketadigan Qoʻshtepa kanali qurilishi halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida 250 ming ish oʻrnining yoʻqolishiga va mamlakat yalpi ichki mahsulotining 0,7 foizga qisqarishiga sabab boʻlishi mumkin.

Afgʻonistondagi Qoʻshtepa kanali qurilishi Amudaryodan oqib chiqayotgan suvning 8 foizdan 20 foizgacha qismini oʻziga olishi mumkin. UNICEF maʼlumotlariga koʻra, bu Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligida 250 mingga yaqin ish oʻrinlarining yoʻqolishiga va mamlakat yalpi ichki mahsulotining 0,7 foizga kamayishiga olib kelishi mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, qurilishni toʻxtatish endi imkonsiz. Xalqaro hamjamiyat Tolibon hukumatini zararni kamaytirish maqsadida kanal qurilishida zamonaviy texnologiyalarni qoʻllashga ishontirishga eʼtibor qaratishi lozim.

Qurilishda betonlashtirishning yoʻqligi suvning sezilarli darajada yoʻqolishiga olib kelmoqda: yuz minglab kub metr suv tuproqqa singib, uni shoʻrlantirmoqda va bugʻlanmoqda. Bu, Markaziy Osiyodagi muzliklarning erishi bilan birgalikda, mintaqa uchun ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy xavflarni kuchaytirmoqda.

“Qoʻshtepa kanali qurilishini nazorat qilish mintaqaviy falokatning oldini olish uchun soʻnggi imkoniyatdir”, — deya taʼkidlanadi Xalqaro manfaatlar markazi hisobotida.

Mavzuga oid materiallar