Oʻzbekistonda dori vositalarini xarid qilish boʻyicha yagona markaz tashkil etiladi

O‘zbekiston

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida dori vositalari va tibbiy jihozlarni xarid qilish boʻyicha yagona markaz tashkil etiladi. 2025-yildan boshlab markaz mahsulotlarni ularning ishlab chiqaruvchilari yoki rasmiy vakillaridan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotib olish huquqiga ega boʻladi.

Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida dori vositalari va tibbiy jihozlarni xarid qilish boʻyicha yagona markaz tashkil etilishi prezident Shavkat Mirziyoyev farmonidan maʼlum boʻldi.

2025-yildan boshlab markaz mahsulotlarni ularning ishlab chiqaruvchilari yoki rasmiy vakillaridan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotib olish huquqiga ega boʻladi.

Bundan tashqari, laboratoriya jihozlari uchun reaktivlar va sarf materiallari, shuningdek, tez va shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun dori vositalari ham toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida xarid qilinadi.

Markaz “Oʻzmedimpeks” davlat korxonasi va tibbiy jihozlarga xizmat koʻrsatish oʻquv-ishlab chiqarish markazi negizida tashkil etiladi. Poytaxtdagi bosh boʻlimdan tashqari, muassasa tarkibiga 13 ta hududiy filial ham kiradi.

Dori vositalarini sotib olish va yetkazib berish ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti taʼminlaydi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.