15-dekabrdan boshlab, juma, shanba va yakshanba kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yoʻnalishida “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdining qoʻshimcha harakati tashkil etiladi.
Qoʻshimcha reyslar 2024-yil 15-dekabrdan 31-dekabrgacha, shuningdek, 2025-yil 3-yanvardan 12-yanvargacha amalga oshiriladi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
№775 Samarqand — Toshkent:
Samarqanddan joʻnab ketish 10:55 da;
Toshkentga soat 13:15 da yetib kelish;
№776 Toshkent — Samarqand:
Toshkentdan joʻnab ketish 13:56;
Samarqandga 16:14 da yetib kelish.