6-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi.
Oʻzbekiston prezidenti oʻz hamkasbiga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt va mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, qardosh qirgʻiz xalqining farovonligi va ravnaqini taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirishda katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat davomida davlat rahbarlari Oʻzbekiston–Qirgʻiziston doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini ham muhokama qildi. Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikning izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi va kelgusidagi qoʻshma tadbirlar jadvali muhokama qilindi.