Joriy yil noyabr oyida mobil o‘yinchilar o‘yinlarga $6,5 mlrd sarfladi

Dunyo

Bu yil noyabr oyida o‘yinchilar mobil o‘yinlarga 6,5 mlrd dollar sarfladi. Oktyabr oyiga nisbatan bu ko‘rsatkich 0,05 foizga pasaydi. Mobil o‘yinlardagi ichki xaridlarga eng ko‘p mablag‘ sarflagan o‘yinchilar AQSHdan bo‘lib, ular 2,1 mlrd dollar sarflashdi.

Sensor Towyer tahlil kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil noyabr oyida o‘yinchilar mobil o‘yinlarga 6,5 milliard dollar sarfladi.

Oktyabr oyiga nisbatan bu ko‘rsatkich 0,05 foizga pasaydi. Mobil o‘yinlardagi ichki xaridlarga eng ko‘p mablag‘ sarflagan o‘yinchilar AQSHdan bo‘lib, ular 2,1 milliard dollar sarflashdi.

Mobil platformalarda eng ko‘p yuklab olingan o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsak, noyabr oyida “qirollik jangi” janridagi Freye Fire o‘yini birinchi o‘rinni egalladi. U smartfonlarga 25 million martadan ortiq o‘rnatildi.

Pokemon TCG Pocket karta o‘yini ikkinchi o‘rinni egalladi. Mini Games: Calm & Relax mini-o‘yinlar to‘plami esa yetakchi uchlikni yakunladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.