O‘zbekiston Qurilish vazirligi migrantlarni bitta ish beruvchida ishlashga majburlash tashabbusi bilan chiqdi. Patentda hozirgidek xodimning ixtisoslashuvini emas, balki aniq kompaniyani yozib qo‘yish taklif etiladi.
Gap barcha sohalarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan “Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar haqida bormoqda. Qurilish sohasidagi yangi tartib kelishish tartib-taomillaridan o‘tishiga qarab 2025-yilning aprel–iyun oylaridan boshlab amal qila boshlaydi.
Qurilish vazirligining ta’kidlashicha, bunday yondashuvdan kutilayotgan natija — kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish, mehnat migrantlari ustidan nazoratni kuchaytirish. Shu bilan birga, vazirlik bu chora qanday moliyalashtirishni talab qilishini aniqlashi kerak.
Qurilish vazirligi hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, Mehnat vazirligi konseptual e’tiroz bildirmagan. “Tadbirlar rejasi qurilish tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, malakali ishchilarni uyushgan holda ishga jalb etish iqtisodiyotning eng muhim sohalaridan biri bo‘lgan kadrlar taqchilligini to‘ldirishga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.
Ishga patentni qanday olish mumkin
Qurilish sohasida chet el fuqarolarini yollash qoidalari xorijlikning Rossiya hududiga qanday tartibda kirganiga bog‘liq, dedi “A2” advokatlik byurosi yuristi Elen Zurnachyan “Известия”ga. Agar bo‘lajak xodim “vizasiz” chet el fuqarosi bo‘lsa, u patent mavjud bo‘lgan taqdirda RFda ishlash huquqiga ega. Uni olish uchun Ichki ishlar vazirligining mahalliy bo‘limlariga mustaqil ravishda murojaat qilish kerak.