2027-yilda davlat byudjeti xarajatlari 400 trillion so‘mga yetkaziladi

O‘zbekiston

2027-yilda O‘zbekiston davlat byudjeti xarajatlari 400 trillion so‘mga yetadi, bu 2024-yildagi davlat xarajatlaridan 43 foizga ko‘pdir. Byudjet to‘g‘risidagi qonun prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

2027-yilda O‘zbekiston davlat byudjeti xarajatlari 400 trillion so‘mga yetadi, bu 2024-yildagi davlat xarajatlaridan 43 foizga ko‘pdir. Budjet to‘g‘risidagi qonun prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

Hujjat, shuningdek, 2026-yilda davlat byudjeti xarajatlarini 344 trillion so‘mga oshirishni nazarda tutadi. Bu davrda davlat byudjeti daromadlari 354 trln so‘mni, 2027-yilda 406 trln so‘mni tashkil etadi.

2026-2027-yillarga mo‘ljallangan konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari 552 trln va 629 trln so‘mga yetkaziladi. Daromadlar 496 trln va 565 trln so‘mgacha. Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotning qariyb 3 foizi darajasida barqarorlashmoqda.

2026-yilda davlat qarzini to‘lashga 50 trillion so‘m yo‘naltirish rejalashtirilgan. Bir yildan so‘ng bu ko‘rsatkich 58 trillion so‘mga yetadi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.