ILOSTAT maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda ishsizlik darajasi eng yuqori boʻlgan mamlakatlar reytingida Oʻzbekiston 187 mamlakat ichida 113-oʻrinni egalladi. Reyting tuzilayotgan paytda mamlakatda ishsizlik darajasi 4,5 foizni tashkil etgan.
Eng yomon koʻrsatkichlar Esvatini (34,4%), Janubiy Afrika Respublikasi (33,2%), Jibuti (25,9%), Botsvana (23,1%) va Gabonda (20,1%) kuzatildi. Shu bilan birga, eng past ishsizlik darajasi Qatar (0,1%), Kambodja (0,3%) va Nigerda (0,4%) qayd etilgan.
MDH davlatlari orasida Oʻzbekiston ishsizlik darajasi boʻyicha Tojikiston (11,6%), Ozarbayjon (5,6%) va Qozogʻistondan (4,8%) ortda qolgan holda toʻrtinchi oʻrinda turadi. Turkmaniston (4,3%), Belarus (3,4%), Qirgʻiziston (3,3%), Rossiya (2,5%) va Moldova (1,4%) ham Oʻzbekistonga nisbatan eng yaxshi koʻrsatkichlarga ega.
Dunyoda oʻrtacha ishsizlik darajasi 5 foizni, Afrikada 6,5 foizni, Amerikada 5,5 foizni, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 4,2 foizni, Yevropa va Markaziy Osiyoda 5,5 foizni tashkil etadi.