Isroil Madrimovning jangi bekor qilindi

O‘zbekiston

Oʻzbekistonlik bokschi Isroil Madrimov sogʻligʻi tufayli 21-dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida oʻtkaziladigan professional boks oqshomida ishtirok eta olmaydi. Madrimov Ukraina vakili Sergey Bogachukka qarshi ringga chiqishi kerak edi.

Oʻzbekistonlik bokschi sogʻligʻi tufayli 21-dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtadigan professional boks oqshomida qatnasha olmaydi.

Turnirning asosiy jangida super yarim oʻrta vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni oʻzbekistonlik Isroil Madrimov ukrainalik Sergey Bogachukka qarshi ringga chiqishi kerak edi.

Biroq, Saudiya Arabistoni koʻngilochar boshqarmasi rahbari Turki al-Shayx X ijtimoiy tarmogʻida xabar berishicha, Madrimov oʻtkir bronxit tufayli jangda ishtirok eta olmaydi.

Uning oʻrniga 21-dekabr kuni britaniyalik Ishmael Devis jang oʻtkazadi.

Ilgari Madrimov asosiy eʼtiborini aynan Bogachuk bilan jangga tayyorgarlik koʻrishga qaratganini taʼkidlagan edi.

Endi Isroil 2025-yilning 22-fevralida Verdjil Ortisga qarshi jang oʻtkazadi.

Maʼlumot uchun: 29 yoshli Isroil Madrimov 12 ta jang oʻtkazib, shundan 10 tasida gʻalaba qozongan, 1 tasida magʻlubiyatga uchragan va 1 tasi durang bilan yakunlangan. 26 yoshli kichik Verdjil Ortis 22 ta gʻalabani qoʻlga kiritgan. Oʻzining soʻnggi jangida Ortis Madrimovning boʻlajak raqibi Sergey Bogachukni ochkolar boʻyicha magʻlub etgan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.