Oʻzbekistonda gaz quyish shoxobchalari faoliyati vaqtincha cheklanadi

O‘zbekiston

Quvurlardagi gaz bosimining pasayishi sababli, yuqori isteʼmolli hududlarda gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritiladi. Energetika vazirligi gaz taʼminotida aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik berilishini taʼkidladi.

Foto: Sputnik

Oʻzbekistonda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar joriy etish rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlik maʼlum qilishicha, soʻnggi kunlarda mamlakat hududiga sovuq havo oqimining kirib kelishi natijasida energiya resurslariga boʻlgan talab sezilarli darajada oshgan. Kunlik tabiiy gaz isteʼmoli oʻtgan haftaga nisbatan 20 foizga, elektr energiyasi isteʼmoli esa 15 foizga koʻpaygan.

Xabar qilinishicha, avtomobil egalari joriy yilning noyabr oyi oxirida ishga tushirilgan Avto24 mobil ilovasi orqali yonilgʻi quyish shoxobchalari faoliyati haqidagi maʼlumotlarni kuzatib borishlari mumkinligi qoʻshimcha qilingan.

Bundan tashqari, bu yil avvalgi yillardagi kabi elektr energiyasi taʼminotiga cheklovlar joriy etilmasligi aytilgan.

Mavzuga oid materiallar