Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Rossiya hamda Oʻzbekiston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash hamda may oyida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha fikr yuritdi.
Shuningdek, davlat rahbarlari Ukraina va Suriyadagi vaziyat yuzasidan oʻz qarashlarini oʻrtoqlashdi.
Mirziyoyev 8-may kuni Rossiya poytaxtiga tashrif buyurgan edi. Oʻshanda u Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitida kuzatuvchi davlat rahbari sifatida qatnashib, Gʻalabaning 79 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etgan.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston rahbari oktyabr oyida Rossiyaga tashrif buyurib, MDH Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida ishtirok etadi.
Putin ham bu yil Oʻzbekistonga tashrif buyurdi — may oyi oxirida. 27-may kuni Toshkentda Rossiya rahbari Mirziyoyev bilan muzokaralar oʻtkazdi. Uchrashuv dastlab tor doirada, soʻngra kengaytirilgan tarkibda boʻlib oʻtdi.
Ertasi kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbarlari tong soat uchgacha suhbatlashganini maʼlum qildi. Uning aytishicha, rasmiy qism yakunlangach, Mirziyoyev Putinni oʻz uyiga taklif etgan.