Qor, yaxmalak va sovuq: O‘zbekistonda 15-dekabr kuni ob-havosi

O‘zbekiston

“O‘zgidromet” O‘zbekistonda 15-dekabr, bugungi ob-havo qanday bo‘lishi haqida maʼlumot berdi.

Foto: flickr.com

O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 15 dekabrda va 16 dekabrga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. 15 dekabrdan havo harorati pasayib, 16-17 dekabr kunlari kechalari 8-13 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja sovuq va yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. 

Toshkent shahri
Havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 
1-3° iliq, kunduzi 1-3° sovuqqacha pasayadi.

Qoraqolpog‘iston Respublikasi
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi ba’zi joylarda biroz qor, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi ba’zi joylarda biroz qor, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Shamol g‘arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliqbo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Shamol g‘arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, 
kunduzi 3° sovuqqacha pasayadi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Shamol g‘arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 2° sovuqqacha pasayadi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2° sovuqqacha pasayadi.

Mavzuga oid materiallar