Oʻzbekistonning My Freighter yuk aviakompaniyasi Vengriyada yangi korxona tashkil etadi

O‘zbekiston

Oʻzbekistonning My Freighter yuk aviakompaniyasi xalqaro kengayish doirasida Vengriyada yangi aviakompaniya tashkil etishni rejalashtirmoqda. My Freighter hozirda Xitoy, Yevropa, BAA, Janubiy Koreya, Rossiya, Braziliya va Vyetnamning yirik shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi.

Oʻzbekistonning My Freighter aviatashuvchisi Vengriyada yuk tashuvchi aviakompaniya tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Centrum Holding bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov maʼlum qildi, deb xabar beradi “Ch-aviation”.

Uning soʻzlariga koʻra, bunga erishish uchun My Freighter ikkita yangi aviatashuvchi sertifikatini (AOC) – Vengriya va Saudiya Arabistonida olishni moʻljallamoqda.

Abdurahmonov, shuningdek, Centrum Holding kompaniyasi Navoiy aeroportida My Freighter uchun yangi baza ochish va Liyej (Belgiya) va Ostrava (Chexiya) shaharlariga muntazam yuk qatnovlarini yoʻlga qoʻyishga qaror qilganini taʼkidladi.

Aviakompaniya hozirda Gonkongdan Budapeshtga charter yuk reyslarini Oʻzbekistonda oraliq toʻxtash bilan amalga oshiradi.

Mavzuga oid materiallar