Suriya hukumati qator davlatlar bilan mudofaa boʻyicha bitimlar tuzish niyatida ekanini maʼlum qildi

Dunyo

Suriya hukumati qator davlatlar bilan qoʻshma mudofaa boʻyicha bitimlar tuzishni rejalashtirmoqda. Gap aynan qaysi davlatlar haqida ketayotgani aniqlashtirilmagan.

Suriya qurolli kuchlari qoʻmondoni Ahmad ash-Sharaʼa (Abu Muhammad al-Julani) arab respublikasining yangi hukumatlari bir qator davlatlar bilan birgalikda mudofaa toʻgʻrisida bitimlar tuzish niyatida ekanini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Al Araby telekanali.

“Biz qoʻshma mudofaa toʻgʻrisida bitimlar tuzishga va bir qator davlatlar bilan strategik harbiy munosabatlar oʻrnatishga intilamiz”, — dedi u, gap aynan qaysi davlatlar haqida ketayotganini aniqlamasdan.

Avvalroq, 8-dekabr kuni Damashqda hokimiyatni egallab olgan Suriya jangarilari operatsiyani rejalashtirish bilan bir yil, umuman olganda, bir necha yil davomida shugʻullangani maʼlum boʻlgandi. XTSH harbiy qanoti rahbari Abu Hasan al-Hamviyning taʼkidlashicha, 2019-yil avgust oyida “barcha inqilobiy guruhlar tanqidiy xavfni anglab yetgan”.

Mavzuga oid materiallar