Sputnik Oʻzbekiston multimedia matbuot markazida 18-dekabr kuni Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti vakili Alixon Ahmadjonov ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Poytaxt maʼmuriyati xalqaro ekspertlar bilan birgalikda poytaxtning dizayn kodini ishlab chiqdi. Bu meʼyoriy hujjat sifatida qabul qilingan birinchi namunaviy toʻplamdir.
Shahar maʼmuriyati vakili dizayn-kod Toshkent shahrining tashqi koʻrinishini yaxshilash, aholi va sayyohlar uchun yanada jozibador boʻlishiga qanday yordam berishini aytib oʻtdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Toshkentning dizayn kodini ishlab chiqishda asosan MDH mamlakatlari shaharlarining rivojlanish tajribasi, shuningdek, Moskva, Qozon va Novosibirsk tajribasi hisobga olingan.
“Biz reklamaning juda kam boʻlishini xohlamaymiz, lekin uning tartibli boʻlishini istaymiz. Biz uchun reklama zamonaviy talablarga javob berishi, masalan, shaharning meʼmoriy elementlarini toʻsib qoʻymasligi, qulay va chiroyli boʻlishi muhim”, — dedi u.
Shuningdek, spiker Toshkentdagi barcha mozaikalar reklamadan ozod etilganini taʼkidladi.
“Agar koʻp qavatli uyda reklama osigʻliq boʻlsa, demak, u aniq noqonuniy”, — deya qoʻshimcha qildi Ahmadjonov.