Qozog‘istonda Ozarbayjondan Grozniyga uchayotgan yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi — video

Dunyo

Qozog‘iston g‘arbidagi Aktau shahrida Bokudan Grozniyga uchayotgan “Azerbaijan Airlines” aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Kadrlarda samolyot ayeroport tepasida qanday tushayotgani ko‘rinadi. Keyin samolyot bir yonga egiladi va burchak ostida yerga uriladi. Kadrlarda portlash va tutun uyumi ko‘rinadi.

Qozog‘istonning Aktau shahri yaqinida AZAL yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Boku — Grozniy reysini amalga oshirayotgan Embrayer 190 samolyoti Oqtov shahri yaqinida 3 km masofada majburiy qo‘nishni amalga oshirdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga samolyotning qushlar galasi bilan to‘qnashuvi sabab bo‘lgan, deya xabar berdi kompaniya.

Ma’lum qilinishicha, halokatdan oldin bortdan shoshilinch signal berilgan, ammo hodisa haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bortda 67 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot qulashi oqibatida 6 kishi tirik qolgan.

Yangilik to‘ldirilmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.