Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) hisobotiga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonga jalb qilingan investitsiyalar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 49 foizga kamayib, 4 milliard dollarni tashkil etdi.
Qozog‘iston Shimoliy va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha yetakchiga aylandi. 2024-yilda Qozog‘istonga kiritilgan investisiyalar hajmi 15,7 milliard dollarga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 88 foizga ko‘pdir. Mintaqaga jalb qilingan jami investitsiyalarning 63 foizi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keldi.
Reytingda keyingi o‘rinlarni quyidagilar egalladi:
O‘zbekiston — 4 mlrd dollar (-49%);
Qirg‘iziston — 2,1 milliard dollar (+310%);
Ozarbayjon — 1,2 milliard dollar (+1%);
Turkmaniston — 339 million dollar;
Gruziya — 126 million dollar;
Armaniston — 67 million dollar.
Qayd etilishicha, xalqaro kompaniyalar mintaqadagi loyihalarga, ayniqsa, raqamlashtirish, texnologik innovatsiyalar va yashil energetika kabi sohalarga qiziqish bildirmoqda.
Hisobotda ta’kidlanishicha, yangi yo‘nalishlarning muvaffaqiyati nafaqat qulay siyosatning yaratilishiga, balki investorlarni barcha bosqichlarda, shu jumladan, investisiyadan keyingi davrda faol qo‘llab-quvvatlashga ham bog‘liq.