Samarqandga uchayotgan samolyot Moskvaga favqulodda qo‘ndi

O‘zbekiston

Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchayotgan Utair aviakompaniyasi samolyoti texnik nosozlik tufayli Vnukovo aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Bortda 173 yo‘lovchi bo‘lgan, qo‘nish ikkinchi urinishda amalga oshirilgan.

Foto: Flightradar

Sankt-Peterburgdan Samarqandga parvoz qilayotgan Utair aviakompaniyasining Boeing-737 samolyoti Moskvaning Vnukovo aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qo‘nish stabilizatorning aniqlangan nosozligi tufayli ikkinchi urinishda amalga oshirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, samolyot bortida 173 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, tezkor xizmatlar samolyotga yo‘naltirilgan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.