Samarqandda o‘limga olib kelgan ommaviy zaharlanish tergov qilinmoqda

O‘zbekiston

Samarqandda zaharlanish holatlari qayd etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, besh kishi zaharlanish qurbonlari bo‘lgan. Hodisaning aniq sabablarini aniqlash maqsadida sud-kimyoviy ekspertizasi tayinlangan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqandda 39, 50, 56, 63 va 72 yoshdagi 5 kishi zaharlanish oqibatida vafot etgan.

Shunga ko‘ra, hodisaga oid barcha holatlarni aniqlash maqsadida prokuratura tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, hodisa sabablarini aniqlashga yordam beradigan sud-kimyoviy ekspertizasi tayinlangan. Tekshiruv natijalari keyinroq e’lon qilinadi.

Avvalroq, ba’zi ommaviy axborot vositalari zaharlanish alkogolli ichimliklarni iste’mol qilgandan keyin sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.