Prezident Sirdaryo viloyati hokimini ishdan oldi

O‘zbekiston

Prezident Sirdaryo viloyati rahbarini hududga investitsiyalarni jalb etish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa faoliyat yo‘nalishlarida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan oldi. 16 ta tuman hokimi hayfsan oldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalar jalb etish va eksportni ko‘paytirish borasidagi ishlar samaradorligi hamda istiqboldagi asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyevni hududga investitsiyalarni jalb etish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlarda jiddiy kamchiliklar qilgani uchun tanqid ostiga olib, lavozimidan ozod etdi.

Ayrim tuman hokimlari investitsiya va eksport masalasini o‘z holiga tashlab qo‘ygani ta’kidlandi.

“Oʻtgan yili Beruniy, Qoraoʻzak, Qoʻngʻirot, Peshku, Yangiobod, Qamashi, Xonqa, Shovot tumanlarida investitsiya 15 million dollarga ham yetmadi. Romitan, Dehqonobod, Mirishkor, Chiroqchi, Narpay, Nurobod va Guliston tumanlari, Ohangaron shahrida eksport kamaygan”, — dedi prezident.

Ushbu tuman va shahar hokimlariga hayfsan berildi.

Investitsiyalarni nazorat qilishning yangi tizimini yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bosh vazir joriy yilga mo‘ljallangan 42 milliard dollarlik oylik xorijiy investitsiya rejasini tasdiqlaydi, bunda viloyat, shahar va tuman hokimlari hamda sektor rahbarlari haftasiga ikki kun investitsiya ustida ishlaydi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.