Toshkentda mashhur janjalkash bloger qiz bilan janjallashgan videosi uchun yana qamoqqa olindi

O‘zbekiston

Toshkentda JasJan taxallusi bilan tanilgan bloger Jasurbek Shodiyev jamoat joyida qiz bilan janjallashgani aks etgan videosi uchun 5 sutkaga qamoqqa olindi. Bloger ilgari hojatxona qogʻozi toʻplamiga mashina urilgan videosi uchun javobgarlikka tortilgandi.

Bloger Jasurbek Shodiyev (Jasjan) yana bir bor jamoat eʼtiboriga tushdi — jamoat tartibini buzganlik aybi bilan. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi “Взгляд.uz”ga xabar berdi.

Xabar qilinishicha, Jasurbek Shodiyev va Sadaf Saidova Toshkentdagi Hilton mehmonxonasi yaqinida oldindan kelishib, “janjal” uyushtirgan va uni videoga olgan. Janjal davomida ular bir-birini haqoratlagan. Keyinchalik qiz blogerdan videoni oʻchirib tashlashni soʻragan va u Instagram sahifasidan uni olib tashlagan.

Video ishtirokchilariga nisbatan “jamiyatda oʻzini tutish qoidalarini qasddan mensimaslik, yaʼni jamoat joylarida haqoratli soʻzlar ishlatish, fuqarolarga nisbatan haqoratli tarzda shilqimlik qilish va jamoat tartibini hamda fuqarolar osoyishtaligini buzadigan boshqa shunga oʻxshash xatti-harakatlar” uchun maʼmuriy bayonnoma tuzildi.

Sud Shodiyevni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlikda aybdor deb topdi va unga besh sutkalik qamoq jazosi tayinladi. Shuningdek, u maxsus qabulxonada saqlanishi uchun qamoqning har bir kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizini (56 250 soʻm) toʻlashi shart.

Saidova ham shu modda boʻyicha aybdor deb topildi va unga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (375 ming soʻm) miqdorida jarima solindi.

Jasurbek Shodiyev ilgari hojatxona qogʻozi toʻplamiga mashina urilib, oʻzi sakrab tushayotgani tasvirlangan video tarqatgani uchun atrof-muhitni ifloslantirganlik aybi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarimaga tortilgandi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.