Shimol bugʻularining 700 dan ortiq shoxini Oʻzbekistonga olib kirishga urinish fosh etildi

O‘zbekiston

Qozogʻistondan Oʻzbekistonga kirib kelayotgan avtomobilda bojxona xodimlari deklaratsiya qilinmagan qimmatbaho buyumlar — 717 ta shimol bugʻusi shoxini aniqladi.

Bojxona xizmati xodimlari shimol bugʻusi shoxlarini Oʻzbekistonga noqonuniy olib kirishga urinishlarning oldini oldi, deb xabar berdi poytaxt viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.

Birinchi holatda Toshkent viloyati “Gʻishtkoʻprik” bojxona posti orqali mamlakat hududiga avtomobilda kirib kelgan fuqaro bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Tekshiruv natijasida bagaj boʻlimida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida deklaratsiyalanmagan va ogʻzaki soʻrov davomida tilga olinmagan 600 ta bugʻu shoxi aniqlandi.

Yana bir holatda “Gʻishtkoʻprik” bojxona postini piyoda kesib oʻtgan fuqarodan ikkita qopda 117 ta shox aniqlangan boʻlib, ular ham deklaratsiyalanmagan va ogʻzaki soʻrov davomida tilga olinmagan.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ekspertizasining xulosasiga koʻra, topilgan shoxlar Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan kiyiklarga tegishli.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.