O‘zbekistonda faqat eksportga mo‘ljallangan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida keng ko‘lamli investitsiyalarni jalb etish borasidagi ishlar natijadorligiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Erkin iqtisodiy zonalar korxonalari o‘z investitsiyalariga qarab imtiyozlarga ega bo‘ladi. Biroq bu mablag‘lar xarajatlarni kamaytirish yoki eksportni rag‘batlantirish uchun ishlatilmayotgani qayd etildi.
Ushbu hududlarda xorijiy brendlar ostida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega, xorijiy bozorlarda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Qayd etilishicha, bunday birinchi zona Namanganda tashkil etilib, to‘qimachilikka ixtisoslashtiriladi.