Toshkentda Uchtepa tumanidagi mahallalardan birida yashovchi hokim yordamchisi 30 ming dollar pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Qo‘lga olingan shaxs fuqaroga auksionga qo‘yilgan 210 kv/m yer uchastkasini 4 ta do‘kon qurish uchun rasmiylashtirishda yordam berishni va’da qilgan.
Hokim yordamchisi fuqaroning ishonchiga kirib, bu masalani hal qilishda yordam beradigan yuqori lavozimli amaldorlar bilan aloqasi borligiga ishontirdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxs o‘g‘rilik, firibgarlik va hokimiyatni suiiste’mol qilganlikda ayblanib, sudlangan.