Bugun, 17-yanvar kuni Toshkentda “Oʻzbekkosmos” agentligining 2024-yildagi faoliyati yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbirda agentlik vakillari amalga oshirilgan ishlar haqida soʻzlab, sunʼiy yoʻldoshni uchirish va kosmonavtni koinotga yuborish masalasiga izoh berdi.
“Kosmonavtni kosmosga joʻnatish texnik jihatdan qiyin emas. Misol uchun, NASA bilan hamkorlikda buni 50-60 ming dollarga amalga oshirish mumkin. Ammo kosmonavtlar kosmosga faqat selfi uchun uchmasligi kerak. Ular davlat manfaatlari yoʻlida tadqiqot olib boradigan olimlar yoki muhandislar boʻlishi kerak. Kosmosda ilmiy kashfiyotlar uchun ulkan salohiyat mavjud va biz undan foydalanishimiz kerak. Faqat Fanlar akademiyasi va boshqa olimlar bilan dasturlar ishlab chiqilgandan keyingina bu masalaga yondasha olamiz”, — dedi agentlik vakili Muhiddin Ibragimov.
Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekkosmos” 2019-yilda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun tashkil etilgan.