ATTO kompaniyasi direktori Davron Shoyoqubovning maʼlum qilishicha, metro kassalari va pochta boʻlimlarida transport kartalarining yoʻqligi ularni oldi-sotdi qiluvchilar tomonidan ommaviy sotib olinishi bilan bogʻliq. Birgina 2024-yilda aholi 200 ming, dekabr oyi va yanvar oyining dastlabki 9 kunida esa yana 110 ming dona karta sotib olgan, deb yozadi “Газета.uz”.
Shoyoqubovning soʻzlariga koʻra, yoʻlovchilar metroga kiraverishda chiptalar oshirilgan narx - 30-50 ming soʻmdan sotilishidan shikoyat qilishgan. Maʼlum boʻlishicha, chayqovchilar karta sotib olib, ularni qayta sotishardi. Bunga javoban ATTO metro va UzPost`ga bir qoʻlda ikkitagacha kartani sotishni cheklash soʻralgan xatlar yubordi.
10-yanvar kuni kompaniya 50 ming dona kartani sotuvga chiqardi, ammo ular tezda tugab qoldi. 18-yanvar kuni 50 ming kartadan iborat yangi partiya kelib tushadi, oy oxirigacha yana 200 mingtasi kelishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, ATTO maʼlumotlariga koʻra, chiqarilgan 1,7 million kartadan kuniga atigi 300 mingtasi ishlatiladi. Qolganlari faollashtirilmagan, yoʻqolgan yoki chayqovchilar qoʻlida qoladi. Yangi kartalarga talabni kamaytirish uchun kompaniya barcha kartalar uchun amal qilish muddatini bekor qildi va ularning markirovka qilinishiga qaramay, ulardan foydalanish vaqt bilan cheklanmaganligini eslatdi.