Oʻzbekiston va turkiy davlatlar qoʻshma ilmiy sunʼiy yoʻldosh yaratadi

O‘zbekiston

Oʻzbekiston turkiy davlatlar bilan hamkorlikda 2026-yil oʻrtalarida uchirilishi rejalashtirilgan ilmiy sunʼiy yoʻldoshni ishlab chiqishga kirishdi. Loyihada oʻzbekistonlik olimlar ishtirok etib, apparatning asosiy qismlaridan birini ishlab chiqmoqda.

Foto: AOKA

Oʻzbekiston turkiy davlatlar bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy sunʼiy yoʻldosh yaratishni rejalashtirmoqda, dedi “Oʻzbekkosmos” agentligining aerokosmik faoliyatni rivojlantirish boʻlimi rahbari Muhiddin Ibragimov Toshkentda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

Sunʼiy yoʻldoshni uchirish 2026-yilning oʻrtalariga moʻljallangan. Ibrohimovning soʻzlariga koʻra, apparat toʻliq oʻzbekcha boʻlmaydi, lekin uning qismlaridan biri mahalliy olimlar tomonidan ishlab chiqilmoqda.

Loyiha sunʼiy yoʻldoshlarni ishlab chiqish, yigʻish, ishga tushirish va boshqarish boʻyicha kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Avvalroq, 2023-yilda Ibrohimov Birlashgan Arab Amirliklari bazalarida sinovdan oʻtkazish taklif qilingan CubeSat ilmiy-taʼlim sunʼiy yoʻldoshi ustida ishlash haqida gapirgan edi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.