Oʻzbekiston va Janubiy Koreya davlat xizmatini rivojlantirish yoʻlida saʼy-harakatlarni birlashtirmoqda
Bandlik vazirligida Koreya davlat boshqaruvi instituti delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi. Tomonlar davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish dasturini muhokama qildi. Bu dastur inson resurslarini boshqarish modellarini ishlab chiqish va biznes jarayonlarini tahlil etishni oʻz ichiga oladi.