Apple kompaniyasi yangi arzon iPhone 16e`ni 599 dollardan boshlab taqdim etdi. Bu iPhone 16 lineykasiga qoʻshimcha boʻlib, u “arzonroq narxda kuchli imkoniyatlar”ni taklif qiladi, deya taʼkidladi kompaniya.
Taxminlarga koʻra, yangi model iPhone SEʼning avvalgi arzon versiyasi oʻrnini egallaydi. Apple uy tugmasini olib tashlash va Face ID bilan kattaroq ekranni qoʻshish orqali qurilmani yangiladi.
Yangi model iPhone 16 va iPhone 16 Plus kabi A18 chipi bilan jihozlangan. Qurilma Apple Intelligence sunʼiy intellekt tizimini ham qoʻllab-quvvatlaydi. Orqa tomonda 48 megapikselgacha boʻlgan bitta kamera mavjud. Old kameralar ekranning yuqori qismidagi kesikda joylashgan.
Yangi iPhone 16e, shuningdek, eng soʻnggi premium modellar kabi sozlanadigan Action tugmasini, shuningdek, oflayn rejimda SMS yuborish va favqulodda xizmatlarga kirish uchun sunʼiy yoʻldosh tarmoqlariga ulanish imkoniyatini oʻz ichiga oladi.
Kompaniya yangi gadjetning batareya quvvati bir kunga yetishiga ishontirdi. U iPhone 11ʼga qaraganda olti soatgacha va barcha avlod iPhone SE`lariga qaraganda 12 soatgacha uzoqroq ishlaydi, deya taʼkidladi Apple.
Yangi qurilma 128, 256 va 512 gigabayt xotirali, shuningdek, oq va qora rangli versiyalarda taqdim etiladi. Bloomberg taʼkidlaganidek, bu Appleʼga qurilmani Yevropa Ittifoqida sotish imkonini beradi, u yerda qoidalar gadjet ishlab chiqaruvchilardan aynan shunday portdan foydalanishni talab qiladi. Oldingi iPhone SE Lightning ulagichiga ega edi.
“iPhone 16e`da iPhone 16 lineykasidagi foydalanuvchilarimizga yoqadigan funksiyalar, jumladan, uzoq vaqt avtonom ishlash, soʻnggi avlod A18 chipi asosidagi yuqori unumdorlik, ”ikkisi birda“ innovatsion kamera tizimi va Apple Intelligence jamlangan”, — deya izoh berdi Appleʼning marketing boʻyicha vitse-prezidenti Kayann Drans.
Yangilanish doirasida iPhone SE va iPhone 14 modellari ishlab chiqarishdan olib tashlandi.