Oʻzbekiston xalq artisti, maqom ijrochisi Nafisa Toʻxtayeva 83 yoshida vafot etdi.
Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Nafisa Toʻxtayeva Oʻzbekiston davlat filarmoniyasida ishlagan, Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli aʼzosi boʻlgan. U “Oltin fond”ga kiritilgan 50 dan ortiq klassik musiqa asarlarini yozib olgan.
Nafisa Toʻxtayeva “Saraxbori Oromijon,” “Qashqachai Savti Sabo,” “Ey Nazokat” kabi kompozitsiyalari bilan shuhrat qozongan.