
Qarshi shahridagi maktablardan birining direktori forma uchun pul yigʻishni tashkil qildi
Qarshi shahridagi 23-maktab direktori maktab formasini sotib olish uchun pul yigʻishga qaror qildi. Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi taʼlim muassasasiga tekshiruv bilan kelib, qoidabuzarlikni tasdiqladi. Direktorga ish haqining 25 foizi miqdorida intizomiy jarima belgilandi.