Texno

Oppo Find N5: dunyodagi eng yupqa buklama smartfon

Oppo eng yupqa buklama smartfon bilan bozorni hayratda qoldirishga tayyorlanmoqda. Yangi Find N5 nozik dizaynni ilgʻor xususiyatlar, jumladan simsiz quvvatlash, takomillashtirilgan kamera va qudratli protsessor bilan uygʻunlashtirishni vaʼda qilmoqda. Qurilmaning taqdimoti fevral oyida, xalqaro debuti esa mart oyida boʻlishi kutilmoqda.

iOS 19 interfeysi butunlay o‘zgarishi va visionOS`ga o‘xshash bo‘lishi mumkin

Apple iOS 19 dizaynini visionOS`ga o‘xshatib tubdan o‘zgartirishi mumkin. Tahlilchi Jon Prosserning so‘zlariga ko‘ra, tizim yarim shaffof vidjetlar va dumaloq ikonkalarga ega bo‘ladi. Biroq, taqdim etilgan renderlar insayderning uydirmalariga asoslangan va bu interfeysning yakuniy versiyasi ekanligi noma’lum.

Blue Origin New Glenn raketasining birinchi parvozini bekor qildi

Jeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi texnik nosozlik tufayli New Glenn raketasini uchirishni to‘xtatdi. New Glenn raketasi sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqarish uchun mo‘ljallangan va Blue Origin uchun katta yutuq bo‘lishi mumkin. Biroq SpaceX`dan farqli o‘laroq, kompaniya hali orbital uchirishlarni amalga oshirmagan.

Apple iPad 11, aqlli kolonka va yangilangan Vision Pro`ni chiqarishga tayyorlamoqda

2025-yilning bahorida Apple A17 Pro chipli iPad 11 va aqlli uyning markaziga aylanadigan ekranli aqlli kolonka taqdim etadi. Yil oxiriga kelib Vision Pro ikkinchi avlodining e’lon qilinishi, 2026-yilda esa uning arzonlashtirilgan versiyasi chiqarilishi kutilmoqda. Kompaniya sun’iy intellekt va fazoviy qurilmalar segmentlarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda.

Neuralink miya chiplarining klinik sinovlarini davom ettirmoqda

Neuralink yana bir bemorga miya chipini muvaffaqiyatli implantatsiya qilgani haqida xabar berdi. Bu Ilon Mask kompaniyasidan miya implantini olgan uchinchi odam. Hammasi bo‘lib ular 2025-yil oxirigacha 20 tadan 30 tagacha shunday tartib-taomillarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Xitoyning Yangwang U9 elektromobillari chuqurlar ustidan sakrashi mumkin

Yangwang U9 superkar 1300 ot kuchiga ega va 2,36 soniyada 100 km/soat tezlikka ega. E4 platformasi va DiSus-X tizimlarining noyob texnologiyalari barcha g‘ildiraklarni mustaqil boshqarishni ta’minlaydi, xavfsizlik va haydash dinamikasini oshiradi. Shuningdek, superkar chuqurlar ustida sakrashi mumkin.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.