Muhammad al-Bashir Suriyaning vaqtinchalik hukumatiga rahbarlik qilmoqda

Dunyo

Suriyaning vaqtinchalik hukumatiga Muhammad al-Bashir rahbarlik qilmoqda. Bu tayinlov sobiq bosh vazir Muhammad Jaloliy tomonidan kelishilgan isyonchilarga hokimiyatni topshirish bilan bogʻliq. Al-Bashir tomonidan tashkil etilgan oʻtish davri hukumati 1-martgacha rejalashtirilgan hokimiyat oʻzgarishi yakunlangunga qadar faoliyat yuritadi.

Yanvar oyidan beri “Hayʼat Tahrir ash-Shom” (HTSH)* guruhi bilan aloqador Suriya qutqaruv hukumatini boshqarib kelayotgan Muhammad al-Bashir Suriyada oʻtish davri hukumati tuzilganini eʼlon qildi. Yangi vazirlar mahkamasi 1-martgacha yakunlanishi kutilayotgan hokimiyat oʻzgarishi doirasida ish olib boradi.

Suriyaning sobiq bosh vaziri Muhammad Jaloliy hokimiyatni isyonchilarga topshirishga rozilik bildirdi. Oʻtish davrini muhokama qilish uchun HTSH rahbari Abu Muhammad al-Juloniy (Ahmad al-Sharaʼa) Jaloliy va vitse-prezident Faysal Miqdod bilan uchrashdi. Vaqtinchalik hukumatni boshqarayotgan Muhammad al-Bashir al-Juloniyning ishonchli shaxsi hisoblanadi.

* “Hayʼat Tahrir ash-Shom” bir qator mamlakatlarda terroristik tashkilot sifatida tan olingan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.