Angliyaning “Manchester Siti” klubi oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni 2024/2025-yilgi mavsumda Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga kiritdi.
Jamoa 1/8 finalda “Real Madrid” bilan toʻqnash keladi. Oʻyinlar 12 va 20-fevral kunlari boʻlib oʻtadi, ikkalasi ham Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Ayni paytda Husanov “Siti” safida faqat bitta oʻyin oʻtkazdi — APLning 23-turida “Chelsi”ga qarshi. U taymdan sal koʻproq oʻynadi va sariq kartochka oldi.
“Manchester Siti” sardori Kevin De Broyne oʻzbekistonlik himoyachining oʻyinini qayd etib, dastlabki besh daqiqada u oson kechmaganini, ammo keyin, ayniqsa yoshini hisobga olgan holda, oʻzini munosib tarzda koʻrsatganini taʼkidladi.