Oʻzbekistonning Londondagi elchisi Abduqodir Husanov bilan uchrashdi

O‘zbekiston

Oʻzbekistonning Londondagi elchisi Ravshan Usmonov yaqinda Britaniyaning “Manchester Siti” futbol klubida oʻynay boshlagan Abduqodir Husanov bilan uchrashdi. Uchrashuvda Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishga qaratilgan ehtimoliy ijtimoiy loyihalar muhokama qilindi.

Oʻzbekistonning Londondagi elchisi Ravshan Usmonov yaqinda Britaniyaning “Manchester Siti” futbol klubida oʻynay boshlagan Abduqodir Husanov bilan uchrashdi, deb yozadi “Dunyo” AA.

Uchrashuvda yosh vatandoshimizning futboldagi faoliyati, oʻzbek diasporasini qoʻllab-quvvatlash va kelajakdagi rejalari haqida soʻz bordi.

Elchi Abduqodir Husanov oʻzbek futbolining faxriga aylanganini taʼkidlab, uning dunyoning eng kuchli ligalaridan biridagi yoʻli yosh avlodni ilhomlantirishiga ishonch bildirdi. Oʻz navbatida, futbolchi oʻz mamlakatini qoʻllab-quvvatlash muhimligini taʼkidlab, Oʻzbekistonni jahon maydonida sharaf bilan himoya qilish uchun yanada koʻproq ishlashga vaʼda berdi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish va yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ehtimoliy ijtimoiy loyihalar muhokama qilindi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.